2021 yil 4 dekabr kuni Quyoshning to`liq tutilishi kuzatiladi. Bu haqda techno xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyoshning tutilishi yangi oy chiqqanida, Oy esa yulduzni to`sganida sodir bo`ladi. Ushbu hodisa asosan Antarktida va unga yaqinidagi hududlarda juda yaxshi ko`rinadi. Shuningdek, janubiy Afrika va Avstraliyada ham kuzatish mumkin.
Quyoshning to`liq tutilishi 1 daqiqa 54 soniya davom etadi. Hind va Tinch okeanlari hamda Antarktida aholisi quyosh tutilishini 100 foiz ko`ra olishadi.