sevimli
Sevimli

Xorazmda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

Jamiyat 27.11.2021, 20:29
Теглар: Xorazm, pirotexnika, bojxona
Xorazmda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari  tomonidan o`tkazilgan tadbirda oldindan olingan ma`lumotlarga asosan, viloyat DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahri va Hazorasp tumanida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug`ullanayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar o`tkazildi.

Natijada, Xazorasp tumani markazida piyoda holda harakatlanib ketayotgan fuqaro A.R to`xtatilib, unga tegishli bo`lgan cumka xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan 6 000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, Urganch shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida piyoda holda harakatlanib ketayotgan fuqaro O.N. to`xtatilib, unga tegishli bo`lgan ryugzak xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida 2400 dona pirotexnika va 15 dona mushaklar borligi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, fuqarolar I.I va S.D.lar to`xtatilib, ularga tegishli bo`lgan ryugzaklar xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 5 500 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

O`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 31 mln so`mlik 45 115 dona pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Шарҳлар

Farg`onada pirotexnika vositalarining yashirin aylanmasiga chek qo`yildi

03.12.2021, 21:30

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi pirotexnika vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir...
Xorazmning Gurlan tumanidagi maktablarga suv etib kelmayotgani bo`yicha Ombudsmanga shikoyat tushdi

29.09.2021, 09:32

Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning)Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov ishtirokida viloyatdagi chekka hududlaridan biri hisoblangan Gurlan tumanida sayyor qabul o`tkazildi....
Xorazmda erkak sobiq xotinini pichoqlab o`ldirdi, qaynonasini jarohatladi (video)

12.07.2021, 10:59

Xorazm viloyati Xonqa tumanida 4 iyul kuni erkak janjal sabab sobiq xotinini o`ldirib qo`ydi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, hodisa 3...
Xorazmda 22 yoshli ayol "samosud" qilindi (video)

09.07.2021, 14:39

Xorazm viloyati Urganch shahrida 8 iyul kuni 22 yoshli ayol opa-singil tomonidan «samosud» qilindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmat xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha,...