sevimli
Sevimli

Oila mazusiga jiddiy yondoshuv zarur

Jamiyat 27.11.2021, 22:38
Теглар: O`zEOAVMA
Oila mazusiga jiddiy yondoshuv zarur

2021 yil 25 noyabr kuni O`zEOAVMA Bosh direksiyasi va Ekspertlar kengashining qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda O`zEOAVMAga a`zo tele va radio kanallar rahbarlari, bosh muharrirlari, ijodiy xodimlari, O`zEOAVMA Ekspertlar kengashi a`zolari, Toshkent shahri “Nuroniy” jamg`armasi, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi mas`ul xodimlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidan O`zEOAVMAga a`zo tele va radio kanallarning media mahsulotlar tayyorlashda ma`naviy-ma`rifiy tarbiyani yanada kuchaytirish, oila qadriyatlarini, xalq an`analarini ko`rsatuvlar mazmuniga chuqur singdirish, ayniqsa, mahallarada olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlarning mazmun mohiyatini ochib berish  singari masalalar o`rin oldi.

Yig`ilishda Prezidentimiz tashabbusi bilan ma`naviy-ma`rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, mahallalarga berilayotgan yuksak e`tiborni bir qator informasion va ijtimoiy loyihalarda yoritib kelayotganligini ta`kidlandi.

Shu bilan birga bu borada tele va radio kanallarda yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar aytilib, bu borada badiiy kengashlar faoliyatini tubdan kuchaytirish, mas`ul xodimlarning malaka va mas`uliyatini oshirish borasida o`z takliflarini bildirishdi.

Yig`ilishda so`zga chiqqan Oliy Majlis Senati a`zosi, Toshkent shahar “Nuroniy” jamg`armasi kengashi raisi R.Kalonov, bugungi kunda aholining katta qismi telekanallardan axborot olayotganligini, ayniqsa nodavlat telekanallarni tomosha qilayotganligini e`tirof etdi. Shu bilan birga oilaviy munosabatlar va maishiy mavzulardagi ayrim ko`rsatuvlarda xalqimiz qadriyatlariga va urf-odatlariga u qadar mos bo`lmagan holatlar aks etayotganligini ta`kidlab, bu borada oilalar mustahkamligi, ajralishlarni oldini, farzand tarbiyasida ota-onalarning mas`uliyatini kuchaytirish singari mavzularga e`tibor qaratish lozimligini ta`kidladi. 

“Sevimli TV” Bosh muharriri Q.Saydaliev oilaviy munosabatlar haqida tayyorlanayotgan ko`rsatuvlar jamoatchilik va mutasaddi vazirlik va idoralar mas`ullarini ko`proq jalb etishi, xususan, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish zarurligi xususida o`z fikrlarini bildirdi. “ZO`R TV” Bosh muharriri F.Yusupova keyingi paytda “Yor-yor” ko`rsatuvining ijtimoiy mazmunini ko`chaytirish bo`yicha bir qator choralar ko`rilayotganligini, mamlakatimiz jamoatchiligi va tomoshabinlar bildirayotgan taklif va tavsiyalar albatta inobatga olinishini aytib o`tdi. 

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi mas`ul xodimi T.Kadirova o`z so`zida vazirlik oila va mahalla mavzusidagi ko`rsatuvlarda vazirlik ekspertlari va mutaxassislari hamda mavjud ma`lumotlari bilan ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirib, O`zEOAVMAga a`zo barcha teleradiokanallar bilan hamkorlikda yangi loyihalar yaratishga kelishib olinganligini ta`kidladi.

Шарҳлар

"Xalqaro media-xoll tashkil etilishi muhim tadbirlarni yoritilishi uchun katta zamin yaratdi" – Akmal Saidov

15.10.2021, 10:37

Kecha xabar berganimizdek, “Xalqaro media-xoll” tantanali tarzda ochildi.Tadbir davomida so`zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o`rinbosari Akmal Saidov Xalqaro media-xoll doimiy faoliyat ko`rsatadigan...
O`zbekistonda Etnosport assosiasiyasi tuzildi

08.10.2021, 17:22

Bugun, 8-oktabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda etnosportning rivojlanish istiqbollari”mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirni Bosh vaziri o‘rinbosari –...
Yakunlar, faktlar, raqamlar,  rejalar – O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati V Kongressi nihoyasiga etdi

14.09.2021, 19:09

O`zbekiston uch ming yillik ulug`vor va muhtasham tarixga ega. Yurtimizda jahonshumul sivilizasiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho me`moriy obidalar vujudga kelgan hamda...
“O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” V xalqaro kongressi ishtirokchilari Shavkat Mirziyoevga murojaat yo`lladi

13.09.2021, 18:13

"Biz, “O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” V Xalqaro kongressi ishtirokchilari, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati a`zolari – madaniyat arboblari,...