Bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliq, shimolda 2-7° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 11-13° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.