Adliya vazirining tegishli buyrug`i bilan Saloxiddin Ulug`bekovich Sattarov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qilmoqda.
S. Sattarov 1980 yilda Samarqand viloyati Pastdarg`om tumanida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o`z mehnat faoliyatini 2002 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig`i bo`lib ishlab kelayotgan edi.