AsosiyJamiyat

Koronavirus: kecha yurtimizda 230 nafardan ziyod kishida kasallik aniqlanib, yana 2 nafar bemor vafot etdi

'Koronavirus: kecha yurtimizda 230 nafardan ziyod kishida kasallik aniqlanib, yana 2 nafar bemor vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 27 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192831 (+232) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 13 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Buxoro viloyatida,
  • 10 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 17 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 13 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 16 nafari Xorazm viloyatida,
  • 68 nafari Toshkent viloyatida,
  • 72 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1397 nafarni tashkil qildi.

Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko`tardi. Ayniqsa, Evropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali.

" - Yurtimizda esa so`nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o`zgarayotgan bo`lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo`la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to`liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora!", - deyladi SSV xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar