Sevimli

Termiz tumanida er-xotinning o`g`irlik jinoyati fosh etildi

Jinoyat 28.11.2021, 11:49
Termiz tumanida er-xotinning o`g`irlik jinoyati fosh etildi

Termiz tumanida 2021 yil 1 noyabr kuni, tumanning “Navro`z” mahallasida yashovchi, R.Zilola (ism shariflar o`zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 17 oktyabr kuni, uyidan 3.000.000 (uch million) so`mlik 1 dona “Royson” rusumli muzlatgichini noma`lum shaxslar o`g`irlab ketganligini bildirgan. 

Bu haqda xabar bergan viloyat IIB Axborot xizmatiga ko`ra, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, ushbu o`g`irlik jinoyatini, Termiz tumanida istiqomat qiluvchi J.Shavkat va turmush o`rtog`i, V.Sanobarlar sodir etishganligi aniqlanib, ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan.

5 noyabr kuni J.Shavkat va V.Sanobarlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Шарҳлар