Davlat chegarasi orqali avtomobil o`tkazish punktlarida:
- veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki unga integrasiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
- veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro`yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;
- to`lanadigan barcha yig`imlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan to`lash amaliyoti joriy etiladi.