sevimli
Sevimli

"Haqiqiy chorvadorga er etmaydi" - go`sht narxi nega qimmat?

Jamiyat 28.11.2021, 12:43
"Haqiqiy chorvadorga er etmaydi" - go`sht narxi nega qimmat?

Huquqshunos Bahodir Ahmedov telegram-kanaliga mamlakat uchun eng og`riqli bo`lgan masala yuzasidan sohaning ichida yurgan fuqarodan chorvachilikdagi xaqiqiy holat  tushuntirib berilgan noma yo`llangan. 

Unda quyidagilar bayon etilgan:

"Chorva fermer xo`jaliklari 2019 yil oktyabr oyiga qadar QQS er suv solig`idan imtiyozga ega bo`lib kelgan. 2019yil oktyabr oyidan QQS zanjiri yaratish maqsadida QQS sotilgan go`sht va sut mahsulotlari uchun qo`shildi.

2021 yil yanvar oyidan esa suv va er solig`i to`lash belgilandi shu davrgacha imtiyozda bo`lgan. PQ 5017 va VM 434-sonli qarorlariga asosan QQS to`lovchisi bo`lgan chorva fermer xo`jaliklari o`zida etishtirib sotgan go`sht va sut maxsulotlari uchun (go`shtning 1 kg. tirik vazni uchun 2 000 so`m, 1 l. sut uchun 200 so`m) miqdorida subsidiya olish belgilangan. Subsidiya to`lash tartibi fermer xo`jaligi sotgan go`sht va sut maxsulotlarini (baliq va parranda go`shtlariga ham subsidiya bor) hisobvaraq-fakturasini my.soliq.uz portalidan elektron shaklda yuboradi. Yuborilgan hisobvaraq-fakturaga asosan chorvachilikni rivojlantirish agentligining my.vetgov.uz portaliga elektron shaklda ariza kiritadi. Arizani tuman va Respublika Komissiyasi tekshirib tasdiqlagandan so`ng Veierinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo`mitasi tomonidan subsidiya puli ajratiladi. Bu subsidiya chorvachilk fermer xo`jaliklari to`lagan QQS ning 3-4% ga to`g`ri keladi xolos. 

Qo`mitaga ajratilgan mablag` shu subsidiya mablag`i bo`lishi kerak bundan qanchasi ajratiladi yana bilmadim. 500 bosh naslli qoramol shundan 180 bosh sigir boqib kelaman. Bir oyda 60-70 tonna sut, 2-2,5 tonna go`sht maxsuloti etkazib beraman. Berilgan subsidiya miqdori 17-18 mln atrofida bo`ladi. 1 tonna solyarka narxi shu bugunda 11-12 mln so`m, 1 tonna kunjara narxi 4 mln so`m (klasterlar shu narxdan ozgina balandroqqa paxta sotib oladi) 1 tonna omixta em narxi 1,8-2 mln (don korxonalari 1 tonna bug`doyni 1,5 mln.dan sotib olgan) endi o`zingiz xisoblab ko`ravering chorvadorga berilayotgan subsidiya misqol summa bu endi buniyam "chopishib" yuborsa bo`lmeydida. 

Evropani misol qilmeylik qo`shni Qozog`istonda ham chorva uchun katta miqdorda subsidiyalar ajratiladi. Bizda xar bir shartli qoramol uchun belgilangan ekin er maydonlari ham to`liq berilmaganda sababi er oz (katta-katta er maydonlarini chorva moli yo`q qanaqadir odamlar egallab yotibdi nomiga chorvador ular) xaqiqiy mol boqqanga er etmaydi buning sababi o`laroq boshqa ozuqalarni sotib olishga to`g`ri keladi oxirgi natija tannarxi oshib go`sht sut maxsulotlari narxi oshib boradi. Chorvachilik shunday sohaki tannarxga qarab maxsulot narxini belgilolmaysiz qolgan neft, em va h.k. maxsulotlar narxi oshib boraveradi. Alloh baraka bergan soha ekan yurib turibdi yanayam", - deyilgan nomada.

 

 

Шарҳлар