sevimli
Sevimli

Chiroqchida haydovchining mashinasini oynalari IIB xodimlari tomonidan sindirilgani yuzasidan bayonot berildi (video)

Jamiyat 28.11.2021, 12:51
Chiroqchida haydovchining mashinasini oynalari IIB xodimlari tomonidan sindirilgani yuzasidan bayonot berildi (video)

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida YPX xodimi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan talabiga bo`ysinmagan haydovchining mashinasi oynalari sindirilgani aks etgan video tarqalgan edi.

Ushbu videotasvir yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 2021 yil 27 noyabr kuni Chiroqchi  tumanida davlat raqami 70 D 083 FA bo`lgan Jentra rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar taqdim etilishi so`ralganda haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo`ysunmasdan ommani o`ziga jalb etib o`z boshimchalik bilan harakatlanib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  Surishtiruv yakuni bilan qo`shimcha ma`lumot beriladi

Шарҳлар