Sevimli

Bahrayndagi musobaqada ishtirok etadigan O`zbekiston terma jamoasi tarkibi ma`lum bo`ldi

Jamiyat 28.11.2021, 14:15
Теглар: Para, Osiyo o`yinlari
Bahrayndagi musobaqada ishtirok etadigan O`zbekiston terma jamoasi tarkibi ma`lum bo`ldi

Shu yil 2-6-dekabr kunlari Bahraynda yoshlar o`rtasida VI Para Osiyo o`yinlari bo`lib o`tadi. Unda o`zbekistonlik sportchilar para engil atletika, para suzish, para taekvondo va para pauerlifting bo`yicha yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Mamlakatimiz sport delegasiyasi tarkibidan quyidagi sportchilar o`rin olishgan:

Para engil atletika:

1. Nigina Husanova,

2. Diyoraxon Anvarova,

3. Kubaro Hakimova,

4. Hayotjon Rahmonaliev,

5. Furqatjon Ne`matov,

6. Hikmatullo Mamaroziqov,

7. Dilshodbek Sodiqov,

8. Islomjon Abdusamatov,

Para suzish:

1. Sultonbek Nuritdinov,

2. Azizbek Boynazarov,

Para taekvondo:

1. Asilbek Husanov,

2. Qudratjon Haydarov,

3. Qudratullo Shonazarov,

Para pauerlifting:

1. Ozoda Olimova,

2. Dildoraxon Nurillaeva,

3. Sherali Ahmedov,

4. Oqiljon Yakubov.

Yoshlar o`rtasida VI Para Osiyo o`yinlarining yopilish marosimida musobaqa bayrog`i O`zbekistonga topshiriladi.

Шарҳлар