AsosiySport

Davlat Bobonov Abu Dabi "Katta dubulg`a" turnirini "bronza" bilan yakunladi

'Davlat Bobonov Abu Dabi "Katta dubulg`a" turnirini "bronza" bilan yakunladi'ning rasmi

BAAda "Katta dubulg`a" turniri poyoniga etib bormoqda. Bugun ushbu turnir o`zbek dzyudochilari uchun ham yakunlandi.

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasining qayd etishicha, kechki dasturda sportchi Davlat Bobonov (-90 kg) bronza medali uchun tatamiga chiqqan va g`oliblikni qo`lga kiritgan. Yarim finalda rossiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ygan Tokio-2020 sovrindori  bronza medali uchun fransiyalik Fransis Damerga qarshi bahs olib borgan. Tajriba bobida ustun bo`lgan Bobonov bellashuvni o`z foydasiga hal qilgan va bronza medaliga sazovor bo`lgan.

 Ta`kidlanishicha, bugun startga chiqqan boshqa vakillar medallar uchun kurashni erta tark etishgan.  

Shu tariqa, o`zbek terma jamoasi Abu Dabi "Katta dubulg`a" turnirini 1 tadan kumush va bronza medallari bilan yakunlagan.

    Boshqa yangiliklar