O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, 2-5 dekabr kunlari Livan poytaxti Bayrut shahrida dzyudo bo`yicha o`smirlar va yoshlar o`rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati bo`lib o`tadi.
Qayd etilishicha, yilning so`nggi musobaqasida O`zbekistonning yigirmaga yaqin davlatidan yosh dzyudo ustalari ishtirok etadi. Ular orasida to`liq tarkibdagi O`zbekiston terma jamoasi ham bor.
Ma`lumotga ko`ra, bugun tunda Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoamiz delegasiyasi Bayrut shahriga jo`nab ketdi.
Tarkibda Shohruh Mamarasulov, Islombek Ravshanqulov, Jayhunbek Nazarov, Shukurjon Aminova, Irisxon Qurbonboeva, Sita Kadamboeva kabi xalqaro musobaqalar havosini olgan yoshlarimiz bor.