2021 yil 26 noyabr kuni MDH PA 53-yalpi majlisi doirasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi V. Matvienkoga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev nomidan “Do`stlik” ordenini topshirdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi.
Prezident Sh.Mirziyoevning Farmoniga muvofiq O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi do`stlik, strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash yo`lida faol sa`y-harakatlari va shaxsiy hissasi, ikki davlat o`rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishni har tomonlama qo`llab-quvvatlagani, O`zbekiston-Rossiya ko`p qirrali hamkorlik, shu jumladan, mintaqalararo hamkorlik va ikki tomonlama madaniy-gumanitar almashinuv salohiyatini to`liq ochib berishga qaratilgan dastur va loyihalarni samarali amalga oshirishga ko`maklashgani uchun Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Ivanovna Matvienko “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlandi.