2021 yil 29 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning terrorizmga qarshi kurashish sharoitida inson huquqlarini rag`batlantirish va himoya qilish, asosiy erkinliklarini ilgari surish bo`yicha maxsus ma`ruzachisi Fionnuala Ni Aolayn bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.
Tomonlar O`zbekistonning BMT va uning inson huquqlari sohasidagi ixtisoslashgan tuzilmalari bilan o`zaro hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
BMT maxsus ma`ruzachisi mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta`minlash, boshqa davlatlarda og`ir ahvolga tushib qolgan shaxslarga samarali yordam ko`rsatish, jumladan, Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan odamlarni, ayniqsa, ayollar va bolalarni vatanga qaytarish borasidagi sa`y-harakatlarini yuqori baholadi.
Afg`onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afg`oniston xalqiga tezkor insonparvarlik yordam ko`rsatish zarurligi haqida umumiy fikr bildirildi.