AsosiyMadaniyat

100 yil oldin yo`qolgan film qayta namoyish etildi

'100 yil oldin yo`qolgan film qayta namoyish etildi'ning rasmi

1921-yilda suratga olingan “Fuqarolar urushi tarixi” filmi ekranlarga qaytdi. Bu haqda O`zEOAVMA xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, namoyish etilishi bilan yo`qolgan ovozsiz shakldagi film bir necha yil oldin topildi va kino tarixchi Nikolay Izvolov yozuvlar yordamida asarga qayta jon baxsh etdi. Deyarli, butun film tiklangan bo`lsa-da, Stalin bilan bog`liq ayrim sahnalar, ma`lum sabablarga ko`ra topilmagan.

Bahorda “Fuqarolar urushi tarixi” filmi Moskvada targ`ib etiladi, keyinroq Venesiya kinofestivaliga taqdim etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar