Sevimli

Yangiyo`l va Qorao`zakda qo`lbola alkogol mahsulotlarini tayyorlanganlar qo`lga olindi

Jinoyat 29.11.2021, 17:49
Yangiyo`l va Qorao`zakda qo`lbola alkogol mahsulotlarini tayyorlanganlar qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo`l tuman bo`limi tomonidan DSI va IIB xodimlari bilan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro F.B. o`zining yashash xonadonida qo`lbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlab sotib kelganligi aniqlanib, undan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan har biri 0,7 litr hajmli 208 dona “Combat” nomli alkogol mahsuloti, “Vega” va “Combat” nomlari tushirilgan bo`sh qutilar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qorao`zak tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.Q. fuqaro G.ga qalbaki aksiz markalar bilan elimlangan 95 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsulotini 2,9 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Шарҳлар