«Manchester Yunayted» klubi jamoani mavsum yakunigacha boshqaradigan yangi bosh murabbiyni rasman e`lon qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko`ra, Ralf Rangnik joriy mavsum yakuniga qadar «MYu» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Germaniyalik mutaxassis mavsum yakunlangach, ikki yil davomida klubda maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.
Sulsher iste`fosidan keyin klubni ikki o`yinda boshqargan Maykl Kerrik murabbiylar shtabida qolishi kutilmoqda.
Avvalroq, ushbu murabbiy tanlovi va uni tayinlash qaroriga kelishda «MYu» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson ishtirok etmagani aytilgandi.
Ma`lumot uchun, 63 yoshli Ralf Rangnik 2015-2019 yillarda «Leypsig» klubini boshqargandi. 2021 yilning yozidan buyon mutaxassis Rossiyaning «Lokomotiv» klubi sport ishlari va rivojlantirish bo`limi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.