27-28 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida taekvondo ITF bo`yicha o`smirlar, yoshlar va kattalar o`rtasida O`zbekiston Kubogi musobaqasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Taekvondo ITF milliy assosiasiyasi va hamkor tashkilotlar ko`magida o`tkazilgan musobaqada 2500 nafardan ortiq sportchilar g`oliblik uchun kurash olib borishdi.
Sportchilar musobaqada taekvondo ITFning shaxsiy massogi va jamoaviy massogi yo`nalishi bo`yicha o`zaro bahslashdilar va unda xalqaro arenada termamiz sharafini munosib himoya qiluvchi sportchilar saralab olindi.
Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi 1-o`rinni, Buxoro viloyati jamoasi 2-o`rinni, Toshkent shahri jamoasi sportchilari esa 3 o`rinni band etishdi.
Ma`lumot uchun, terma jamoani oldinda 11-19-dekabr kunlari Belorussiyaning Minsk shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionati kutib turibdi.