Shvesiyaning sobiq bosh vaziri Stefan Lyoven lavozimidan ketganidan so`ng, sosial-demokratlarning yangi rahbari va moliya vaziri Magdalena Andersson 24 noyabr kuni Shvesiya bosh vaziri etib saylandi. U mamlakat tarixidagi birinchi ayol bosh vazirga aylandi.
Noyabr boshida Shvesiya Bosh vaziri Stefan Lyoven iste`fo bergan edi. U Shvesiya Sosial-demokratlar partiyasini 2012 yildan beri boshqarib kelgan. Uning rahbarligida partiya 2014 va 2018 yilgi saylovlarda g`alaba qozonib, Lyoven Bosh vazir sifatida faoliyati olib borgan.
So`nggi vaqtlardagi so`rovnomalarga ko`ra partiyaga nisbatan fuqarolar ishonchi pasaya boshlagan. Shu sababli, Lyoven o`z iste`fosini 2022 yildagi saylovlar oldidan yangi lider zarur ekanligi bilan izohladi.
E`tiborlisi, Shvesiyaning birinchi ayol bosh vaziri Magdalena Andersson o`z lavozimiga kirishganidan bir necha soat o`tib 24 noyabrning o`zidayoq iste`foga chiqdi.
Bugun, 29 noyabr kuni ishga kirishganidan bir necha soat o`tib iste`foga chiqqan Shvesiyaning birinchi ayol bosh vaziri Magdalena Andersson yana qayta bosh vazir etib saylandi.