AsosiySport

Messi ettinchi marta "Oltin to`p" sohibi bo`ldi

'Messi ettinchi marta "Oltin to`p" sohibi bo`ldi'ning rasmi

 Kecha, 29 noyabr kuni "PSJ" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2021 yil uchun "Oltin to`p"ni qabul qilib oldi. Bu sovrin Messining faoliyatidagi ettinchisi bo`ldi.

 Ma`lumot uchun, "Oltin to`p" borasida Messining eng yaqin ta`qibchisi Krishtianu Ronaldu. U 5 ta sovringa ega. 

2021 yil yakunida futboldagi eng nufuzli shaxsiy sovrin uchun o`tkazilgan ovoz berishda ikkinchi o`rinni "Bavariya" va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski egallagan edi. 

 Aslini olganda, "Oltin to`p"ning avvalgi egasi ham Messi bo`lib, u buni 2019 yilda qo`lga kiritgandi. 2020 yilda esa mukofot koronavirus pandemiyasi tufayli berilmagan. 

    Boshqa yangiliklar