sevimli
Sevimli

Avstriyada majburiy emlashni rad etganlar 7 200 evrogacha jarima to`laydi

Dunyo 30.11.2021, 08:37
Avstriyada majburiy emlashni rad etganlar 7 200 evrogacha jarima to`laydi

Avstriyada COVID-19'ga qarshi majburiy emlashni joriy etish to`g`risidagi qonun loyihasi emlashdan bosh tortganlik uchun 7200 evrogacha jarima to`lashni nazarda tutadi, deb xabar berdi hukumat tomonidan ishlab chiqilayotgan hujjatga tayanib TASS. Emlashdan bosh tortganlik uchun minimal jarima miqdori 3600 evro yoki to`rt oylik qamoq jazosi etib belgilanmoqda.

Hujjat loyihasiga ko`ra, majburiy koronavirusga qarshi emlash 2022 yilning fevral oyidan boshlab Avstriyada yashovchi barcha aholiga tegishli bo`ladi.

Istisnolar emlash tufayli hayot va sog`liq uchun xavf ostida bo`lgan odamlar, homilador ayollar va 12 yoshgacha bo`lgan o`smirlarni qamrab oladi.

"Hisob-kitob jarayonlari 6 dekabr haftasiga to`g`ri keladi. U hali ham Avstriya parlamentining ikkala palatasi tomonidan tasdiqlanishi kerak",-deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, pandemiyaning to`rtinchi to`lqini tufayli Avstriya hukumati 2022 yil fevralidan boshlab ishga tushadigan COVID-19'ga qarshi majburiy emlash jarayonining joriy etilishi haqidagi rejasini e`lon qildi. 

Шарҳлар