Dushanba kunidan buyon Livan poytaxti va boshqa shaharlarida norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda. Xususan, faollar Bayrutdagi asosiy yo`llarga chiqishni to`sib qo`ygan. "Sputnik"ning ma`lum qilishicha, namoyishchilar mamlakatda narxlar oshishiga qarshi bosh ko`tarishgan. Mitinglar iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi ortidan kelib chiqqan.
Namoyishchilar yo`llarni to`sish uchun toshlar, yonayotgan shinalar, chiqindi qutilari va mashinalardan foydalanishgan.
Nafaqat Bayrutda, balki Tripoli va Saydada ham transport harakati deyarli to`xtab qolgan.
Mitinglar milliy valyuta kursining navbatdagi pasayishi va iqtisodiy inqirozning kuchayishi ortidan boshlangani aytiladi. Milliy pul birligining "qulashi" oziq-ovqat, benzin va eng zarur tovarlar narxining oshishiga olib kelgan.