Sevimli

“O`zbekneftgaz”: Boshqaruvi raisi “TMK” kompaniyasi Bosh direktori Igor Kortko bilan muzokaralar o`tkazdi

Iqtisodiyot 30.11.2021, 10:01
“O`zbekneftgaz”: Boshqaruvi raisi  “TMK” kompaniyasi Bosh direktori Igor Kortko bilan muzokaralar o`tkazdi

“TMK” AJ 2001 yilda tashkil etilgan bo`lib, quvur mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi bo`yicha dunyoning etakchi korxonalaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning birinchi yarmida neft va gaz sanoati quvurlarini ishlab chiqarish bo`yicha “TMK” kompaniyasi bosh direktori Igor Kortko va “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning uchrashuvi natijasida ushbu kompaniya tomonidan dunyo bozoridan farqli o`laroq, arzon narxlarda har xil tipdagi neft va gaz sanoati quvurlarini etkazib berish bo`yicha kelishuvga erishilgan edi.

Moskvaga tashrif doirasidagi uchrashuvda tomonlar “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining izlov-qidiruv va ekspluatasion quduqlari uchun zarur bo`lgan quvur mahsulotlari etkazib berish bo`yicha tuzilgan amaldagi shartnomalar ijrosining joriy holati, shuningdek, hamkorlikni jadallashtirish va yangi yo`nalishlarni izlash imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Uchrashuvda rahbarlar ikki kompaniya o`rtasidagi hamkorlik aloqalari O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini energiya resurslari bilan ta`minlash bo`yicha belgilangan maqsadlarga erishish imkonini yaratishda strategik ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlashdi.

Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, yangi neft va gaz quduqlarini burg`ilash ishlari import asosida olib kelinadigan quvur mahsulotlariga uzviy bog`liq. Bu borada “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan import quvur mahsulotlari ta`minoti bo`yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

2021 yilda burg`ilash ishlarini uzluksiz olib borish va shu bilan birga 2022 yil uchun zaxira hajmini yaratish maqsadida “TMK” AJ tomonidan umumiy miqdorda 40 000 tonnadan ortiq quvur maxsulotlari etkazib berilgan bo`lib, yana 18 000 tonna quvur mahsulotlari joriy yilning so`ngiga qadar etkazib berilishi rejalashtirilgan. Bu o`z navbatida 2022 yilda rejalashtirilgan burg`ilash ishlari uchun quvur mahsulotlarining etarli zaxirasi yaratish imkonini beradi.

Шарҳлар