Qozog`iston 3 dekabrdan boshlab koronavirus infeksiyasining yangi shtammi paydo bo`lishi munosabati bilan cheklov choralarini kuchaytiradi. Bu haqda Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Marat Shoranov Hukumat yig`ilishida ma`lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.
"Omikron" koronavirus infeksiyasi shtammining yangi versiyasi paydo bo`lganligini inobatga olib, uning mamlakatimiz hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida idoralararo komissiyasi joriy yilning 3 dekabridan boshlab quyidagi cheklov choralarini joriy etish to`g`risida qaror qabul qildi",— dedi vazirning birinchi o`rinbosari.
Birinchidan, Botsvana, Lesoto, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Esvatini, Malavi, JAR, Tanzaniya va Gonkongdan Qozog`istonga xorijliklarning kirishini cheklanadi;
Ikkkinchidan, KVIning "Omikron" nusxasi tashxisi qo`yilgan Isroil, Chexiya, Niderlandiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Avstraliya, Kanada va Misrdan kelganlar uchun majburiy PZR testlari joriy etiladi;
Uchinchidan, Omikron mavjud KVI holatlari aniqlangan mamlakatlardan kelgan odamlar PZR natijalaridan qat`i nazar, 7 kun davomida karantinga olinadi.
"Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologiya qo`mitasining bo`limlari mahalliy ijro hokimiyati organlariga xorijliklar to`g`risidagi ma`lumotlarning o`z vaqtida etkazilishini, hokimliklar esa poliklinikalar darajasida masofaviy nazoratni ta`minlasin", — dedi Marat Shoranov.