AsosiyJamiyat

Ikki viloyatda fuqarolarni Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Ikki viloyatda fuqarolarni Koreya va Avstraliya davlatlariga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona shahar bo`limlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.X. fuqaro M. ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga ishga jo`natish uchun vizalarini tezlashtirib olib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, M.X. M.ning ukasi J.ni ham Koreya davlatiga ishga jo`natish va viza hujjatlarini tezlashtirib olib berish evaziga 5 500 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar M.A. va Sh.A.lar fuqaro S. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularga Avstraliya davlatiga borish uchun sayyohlik vizasini tayyorlab berishni va`da qilib, jami 6 nafar fuqaroning 39 000 AQSh dollari va 26,4 mln so`mini  firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar