sevimli
Sevimli

Ilk tirik robotlar ko`paya oladi

Hi-tech 30.11.2021, 17:11
Ilk tirik robotlar ko`paya oladi

Tirik robotni yaratgan amerikalik olimlar ta`kidicha, ksenobot, deb nomlanuvchi hayot shakli endi o`simliklar va hayvonlarda ko`paya oladi. Bu haqda UzA yozmoqda.

Afrika tirnoqli qurbaqasi (Xenopus laevis) nomini olgan ildiz hujayrali ksenobotning kengligi bir millimetrdan kamroq. Bu “jonivor”ga qiziqish o`tgan yilgi tajriba asnosida hujayralar harakatlana olishi, guruhda birga ishlashi va o`z-o`zini davolashga qodirligi ayon bo`lgach, paydo bo`lgan.

Vermont, Tafts va Garvard universiteti Uyss nomli biologik muhandislik instituti olimlari fanga ma`lum bo`lgan har qanday hayvon yoki o`simlikdan farq qiladigan mutlaqo yangi biologik ko`payish shakli kashf etilganini e`lon qilishdi.

- Men hayratda qoldim, - dedi Tafts universiteti professori Maykl Levin. – Qurbaqa, odatda, ko`payish xususiyatiga ega, ammo hujayralar embrionning qolgan qismidan ozod qilinsa va ularga yangi muhitga ko`nikish imkoni berilsa, yangicha hayot siklini kuzatish mumkin.

Ksenobotni yaratish uchun tadqiqotchilar qurbaqa embrionidan tirik ildiz hujayrasini olib tashlab, ularni inkubasiya qildi. Bunda gen manipulyasiyasi kuzatilmaydi.

- Ko`pchilik robot metall va keramikadan yasalgan, deb o`ylaydi. Aslida robot qanday moddadan yaratilgani emas, balki nima ish bajara olishi muhim, - deydi tadqiqotning etakchi mualliflaridan biri Josh Bongard. - Bu robot, lekin genetik jihatdan o`zgartirilmagan qurbaqa hujayrasidan yaralgan organizm ekanligi aniq.

Bongardning aytishicha, dastlab sharsimon bo`lgan, 3000 ga yaqin hujayradan yasalgan ksenobotlar yanada ko`payishi mumkin. Faqat bu hodisa kamdan-kam holatda, muayyan sharoitlardagina sodir bo`ladi. Ksenobotni "genetik nusxalash" usulidan foydalangan holda molekulyar darajada hosil qilinishi ma`lum, biroq bu jarayon butun hujayralar yoki organizm miqyosida hech qachon kuzatilmagan.

Olimlar sun`iy intellekt yordamida ksenobotni ayni turdagi replikasiyada samaraliroq qilish uchun milliardlab tana shaklida sinab ko`rishdi. Superkompyuter “C” shaklini yaratdi va mayda ildiz hujayralarini topishga muvaffaq bo`ldi.

Molekulyar biologiya va sun`iy intellektning bu kombinasiyasini tanadagi va atrof-muhitdagi ko`plab jarayonlarda qo`llash, masalan, regenerativ tibbiyotda yoki okeanda mikroplastmassa yig`ish, ildiz tizimini tekshirishda foydalanish mumkin.

O`z-o`zidan ko`payadigan biotexnologiyaning istiqboli kishida biroz tashvish uyg`otsa-da, “tirik mashina” laboratoriyada osonlik bilan o`chiriladi. Sababi ular biologik parchalanadi, axloqiy jihati mutaxassislar tomonidan tartibga solinadi.

Шарҳлар