AsosiyJamiyat

Toshkentda 2ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda 2ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan  Mirzo Ulug`bek tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 1 dekabr kuni soat 20:50 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Mustaqillik shoh ko`chasida, "Hamid Olimjon" metro bekati yaqinida haydovchi, 2000 yilda tug`ilgan B.H. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli va haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan X.Q. boshqaruvida bo`lgan "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan va "Lacetti" rusumli avtomobil ag`darilgan.

To`qnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar