sevimli
Sevimli

O`zbekistonda yana 209 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 3 bemor vafot etdi

Jamiyat 02.12.2021, 10:11
Теглар: koronavirus, SSV, bemor
O`zbekistonda yana 209 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 3 bemor vafot etdi

Kecha O`zbekistonda yana 210 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallikdan 3 nafar bemor vafot etdi.

SSVning ma`lumot berishicha, 2021 yil 1 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193633 (+209) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:  

  • 3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 8 nafari Namangan viloyatida,
  • 20 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 12 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 47 nafari Toshkent viloyatida,
  • 67 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1409 nafarni tashkil qilgan.

Vazirlik, shu o`rinda, barcha fuqarolarni ogoh bo`lishga chaqirmoqda.

"Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko`tardi. Ayniqsa, bugun dunyo bo`ylab kasallikning "omikron" shtammi yashin tezligida tarqalmoqda. Mutaxassislar ushbu shtamm bilan bog`liq umumiy global xavfni juda yuqori deya baholamoqda. Bu esa har birimizdan karantin qoidalariga qat`iy rioya etish, kasallik tarqalayotgan mamlakatlarga zarurat bo`lmasa, vaqtincha bormaslik, eng asosiysi, COVID-19ga qarshi to`liq emlanishni taqozo etadi. Unutmang, vaksina – yagona chora!"-deyiladi xabarda.

Шарҳлар

O`zbekistonda koronavirusdan kunlik kasallanish biroz pasaydi — SSV

18.01.2022, 10:46

Kunlik kasallanishlar biroz pasaydi: Kecha yurtimizda 930 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati. Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 17 yanvar holatiga...
Hindiston "omikron" shtamiga qarshi maxsus vaksina yaratadi

17.01.2022, 21:54

Hindistonning Gennova Biopharmaceuticals farmasevtika kompaniyasi "omikron" shtamiga qarshi maxsus vaksinani yaratmoqchi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Qayd etilishicha, preparat ishlab chiqaruvchilari 2021 yil oxirida o`tkazilgan sinovlarning...
Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 320 milliondan oshdi

15.01.2022, 11:54

Dunyo bo`yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 323 mln 272 mingdan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bermoqda.Pandemiya boshlanganidan buyon 5 million 529 ming 154 kishi vafot...
Toshkentda 24 soat davomida ishlaydigan maxsus COVID poliklinikalari faoliyat boshladi – SSV

15.01.2022, 11:12

So`nggi kunlarda dunyoda koronavirus infeksiyasi yana avj oldi. Ayniqsa, kasallikning Omicron shtammi sababli qator mamlakatlarda vaziyat ancha tahlikali. Shu sababli ko`plab davlatlar keskin karantin choralarini...