sevimli
Sevimli

AQSh boshqa mamlakatlarga 200 mln doza vaksina yuboradi

Dunyo 02.12.2021, 22:14
Теглар: AQSh, vaksina
AQSh boshqa mamlakatlarga 200 mln doza vaksina yuboradi

AQSh yaqin 100 kun ichida boshqa mamlakatlarga koronavirusga qarshi 200 million doza vaksina etkazib berish majburiyatini o`z zimmasiga oldi. 

“Biz 110 mamlakatga bergan 275 mln dozaga qo`shimcha sifatida 100 kun ichida yana 200 mln doza vaksina yuborish majburiyatini o`z zimmamizga oldik. Imkon qadar vaksinaga ehtiyoj sezayotgan mamlakatlarga etkazib berishni amalga oshiramiz”, - deya xabar beradi Oq uy matbuot xizmati

Ma`lum bo`lishicha, AQSh boshqa mamlakatlarga jami 1,2 milliard doza vaksina etkazib berishni rejalashtirgan.

“Butun dunyoda pandemiyaga qarshi kurash olib borish uchun boshqalarni ham qo`shilishga chaqiramiz”, - deya ta`kidlanmoqda. 

AQShda 197,4 million kishi to`liq emlangan. Bu esa aholining 59,4 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, 233,5 mln kishi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan.

Шарҳлар

AQShda kuchli qor bo`ronlari tufayli uch mingga yaqin reyslar bekor qilindi

17.01.2022, 21:03

AQShning sharqiy sohillarida  kuzatilgan kuchli qor bo`ronlari oqibatida 3000dan yaqin reyslar bekor qilindi. Bu haqda CNN xabar bermoqda. Qayd etilishicha, hududda yomg`ir, qor va kuchli shamol...
Kecha O`zbekistonda koronavirusga qarshi 142 800 doza vaksina qo`llanildi – SSV

15.01.2022, 10:36

Yurtimizda  COVID-19ga qarshi qo`llanilgan vaksina miqdori 40,5 million dozadan oshdi.14 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 142 800 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 142 800...
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar soni 39,6 million dozadan oshdi

08.01.2022, 12:43

7 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 154 024 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 19 069  nafarni,  2-bosqich emlanganlar 71 408  nafarni,3-bosqich emlanganlar 63 547...
Pfizer vaksinasi bilan emlanganlar soni ma`lum qilindi

31.12.2021, 13:05

30 dekabr holatiga ko`ra, yurtimizda 623 094 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.Ulardan:1-bosqich emlanganlar 439 880 nafarni,2-bosqich emlanganlar...