AsosiyDunyo

Rossiyadagi o`zbekistonliklar haydovchilik guvohnomasini xorijda turib yangisiga almashtirishi mumkin

'Rossiyadagi o`zbekistonliklar haydovchilik guvohnomasini xorijda turib yangisiga almashtirishi mumkin'ning rasmi

Hukumat qarori bilan O`zbekistonning Rossiya Federasiyasidagi konsullik muassasalarida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi bo`yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko`ra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali Ichki ishlar vazirligining Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.

Talabgor haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun:

  •  BHMning 70 foizi (189 ming so`m) miqdorida to`lov;  
  •  20 AQSh dollari miqdorida konsullik yig`imi;
  •  20 AQSh dollari miqdorida haqiqiy xarajatlarning o`rnini qoplash uchun yig`im undiriladi.

    Boshqa yangiliklar