sevimli
Sevimli

Ekoqo`mita O`zbekistonda kuzatilgan chang va qumli bo`ron bo`yicha izoh berdi

Jamiyat 03.12.2021, 20:16
Теглар: Ekoqo`mita
Ekoqo`mita O`zbekistonda kuzatilgan chang va qumli bo`ron bo`yicha izoh berdi

O`zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi kuzatilayotgan chang va qumli bo`ron hodisalariga izoh berdi:

Aziz Kalimbetov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi boshqarma boshlig`i:

O`zbekistonda 150 yil davomida birinchi marta kuzatilgan chang, qumli bo`ronni dastavval ko`pchilik qurilish maydonlari sababli deb o`ylashdi. Bu cho`ldagi qumlarning shamol orqali kirib kelishi hisoblanadi.

Dov-daraxtlar O`zbekiston bo`yicha 8%ni tashkil etadi. Jahon standartiga ko`ra esa ko`kalamzorlashtirilgan maydonlar 30% darajada bo`lishi lozim.

2021/2023 yillarda chang va gaz so`ruvchi uskunalarini yangilash bo`yicha dastur ishlab chiqilgan va ishlar boshlangan. Hozirda 6,5 mingga yaqin chang va gaz so`ruvchi uskunlarining 60 foizdan ortig`i yaroqsiz, so`nggi 10 yilda modernizasiya qilinmagan.

Шарҳлар

Ekoqo`mita raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi

24.08.2021, 16:18

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi boshlandi. Yig`ilish keskin tanqidiy ruhda o`tmoqda, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri.Ma`lum bo`lishicha, sohadagi...
So`ngi ikki oyda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qancha qonunbuzarlik holati aniqlanganligi ma`lum qilindi

25.02.2021, 16:30

Yanvar-fevral oylarida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 8 131 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan. AOKAda o`tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi mas`ul xodimi Valijon Ibrohimov...