Sevimli

Toshkentda ayanchli YTH sodir bo`ldi

Jamiyat 03.12.2021, 23:16
Теглар: Toshkent YTH
Toshkentda ayanchli YTH sodir bo`ldi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Mirzo Ulug`bek tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil, 3 dekabr kuni soat 20:30 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Mahtumquli ko`chasida haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi "Vaz-21063" hamda haydovchi 2000 yilda tug`ilgan U.A. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.

Natijada, ikkala avtomobil haydovchilari tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Шарҳлар