AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Qozog`istonga jo`nab ketdi

'Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Qozog`istonga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan 5 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo`nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, muzokaralarda siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperasiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika salohiyatini oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Tashrif yakunida hamkorlikni yangi bosqichga ko`tarishga qaratilgan ko`plab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar