AsosiySport

Murodjon Azimov "Nasaf" jamoasini g`alaba bilan tabrikladi

'Murodjon Azimov "Nasaf"  jamoasini g`alaba bilan tabrikladi'ning rasmi

Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" jamoasining "Paxtakor" ustidan qozongan tarixiy g`alabasini nishonlash uchun bayram tadbiri o`tkazilmoqda. 

Tadbirga tashrif buyurgan viloyat hokimi Murodjon Azimov jamoa o`yinchilari va muxlislarini g`alaba bilan tabrikladi:

Hurmatli vohadoshlar,

Qadrli futbol ixlosmandlari,

"Nasaf" jamoasining ashaddiy ishqibozlari!

Xalq jamoasi nomini olgan "Nasaf" futbol jamoasi O`zbekiston jamoalari ichida eng sovrindor jamoalardan biri hisoblanadi.

Jamoa 1997 yildan buyon O`zbekiston Oliy ligasi musobalarida ishtirokini boshlagandan buyon O`zbekistonning 10 karra bronza, 3 karra kumush medallarini va bir marta O`zbekiston Super Kubogini qo`lga kiritdi. "Nasaf" futbol jamoasi hozirga qadar yurtimiz jamoalari ichida yagona bo`lib turgan xalqaro sovrin Osiyo Konfederasiyalari Kubogini qo`lga kiritgan.

Joriy mavsum ham "Nasaf" jamoasi uchun sermahsul yil bo`ldi, deb bemalol aytish mumkin. "Ajdarlar" OFK Kubogining finaligacha etib bordi. Bu ham asosan o`z tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoa uchun katta yutuq sanaladi.

Kuni kecha Samarqand shahrida bo`lib o`tgan O`zbekiston Kubogi final uchrashuvida bir kishi kam bo`lib qolishiga qaramasdan, joriy mavsumni chempion sifatida yakunlagan "Paxtakor" jamoasini 2:1 hisobida taslim etib, o`z tarixida ikkinchi bor O`zbekiston Kubogini qo`lga kiritdi. Ushbu g`alaba bilan “Nasaf” jamoasi vakillarini butun viloyat ahli nomidan, qolaversa o`z nomimdan samimiy muborakbod etaman.

Albatta, muxlislarni doimiy qo`llab-quvvatlovi hech qachon sizlarni tark etmasin.

Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ham omadli yurishingiz bardavomli bo`lishini, omad hech qachon sizlarni tark etmasligini tilab qolaman.

    Boshqa yangiliklar