sevimli
Sevimli

Pora olish uchun "uzoq muddatlik qamoq" jazosi belgilanmoqda

Jamiyat 05.12.2021, 18:50
Теглар: ​Korrupsiya
Pora olish uchun "uzoq muddatlik qamoq" jazosi belgilanmoqda

Pora olish”, “pora berish” va “pora olish-berishda vositachilik qilish” qilmishlar uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalarining uchinchi qismi sanksiyasi og`irlashtirilib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhra Shodievaning ma`lum qilishicha, kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ushbu jazoni qo`llash bo`yicha qonun loyihasi birinchi o`qishda qabul qilindi.

Xususan, “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta`minlashga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining sakkizinchi bo`limi, “korrupsiyaga oid jinoyatlar” degan yangi atama bilan to`ldirilib, 15 turdagi jinoyat tarkiblari korrupsiyaga oid jinoyatlarga kiritilmoqda.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun aybdor shaxsga nisbatan jazo choralarini   yanada   kuchaytirish maqsadida,   jinoyatlar mansab mavqeini   suiiste`mol qilish yoki xizmat   mavqeidan   foydalanib sodir  etilgan jinoyatlar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi   nazarda tutilmoqda.

“Pora olish”, “pora berish” va “pora olish-berishda vositachilik qilish” uchun Jinoyat kodeksining tegishli moddalarining uchinchi qismi sanksiyasi og`irlashtirilib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

Statistik ma`lumotlar keltirilishicha, mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018 yilda 556 mlrd , 2019 yilda 1,858 trln, 2020 yilda 500,1 mlrd, 2021 yilning 9 oyida 658 mlrd. so`m moddiy zarar etkazilgan. 

"Mazkur qonun loyihasi bilan mansabdor shahslarga nisbatan choralar kuchaytirilmoqda. Ya`ni “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish”, “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish”, “Hokimiyat harakatsizligi”, “Mansab soxtakorligi” va “Hokimiyatni suiiste`mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi” jinoyatlar agar “g`arazgo`ylik” niyatida sodir etilsa, korrupsiyaviy jinoyat hisoblanishi belgilanib, mazkur harakatlar uchun og`irroq jazolar belgilanyapti",-deya ta`kidlab o`tadi deputat.

Шарҳлар

O`zbekistonda davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg`a olishi taqiqlanishi kutilmoqda

10.12.2021, 09:48

“Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori Akmal Burxanov xabar berdi. Unda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, ularning...
O`zbekiston korrupsiya sohasida "raqamlashtirish" bo`yicha EXHT bilan hamkorlik qiladi

19.11.2021, 09:42

2021 yil 17 noyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti raxbariyati bilan uchrashdi va anglashuv Memorandumini imzoladi. Ushbu memorandum orqali endi EXHTning...
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga oid qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi

01.10.2021, 15:44

“O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun Oliy Majlis Senatida ma`qullandi. Bu...
Bir yilda korrupsion holatlarga oid 34 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan, shundan 26 tasi — byudjet mablag`lari bilan bog`liq

18.08.2021, 18:10

Bir yil ichida korrupsion holatlarga oid 34 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan, shundan 26 tasi — byudjet mablag`lari bilan bog`liq.Bu haqda bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish...