Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimi xizmat mashinasida qoidani buzib harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, ushbu videodagi harakatlar o`rganilib, qoidani chetlab o`tgan haydovchiga chora ko`rildi.
""Naxotki patrul avtomobilini boshqarib ketayotgan IIO xodimi quvib o`tish qoidasini bilmasa?" sarlavhali video mas`ul xodimlar tomonidan o`rganilib, "Lasetti" rusumli, 01 769VSC davlat raqam belgili avtomobilda qoidalarni chetlab o`tgan haydovchi Sh.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi",-deya ma`lum qiladi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi.
Shu o`rinda boshqarma barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so`ramoqda.