AsosiyJamiyat

Endilikda metrolarni uzoq vaqt kutib o`tirmaysiz

'Endilikda metrolarni uzoq vaqt kutib o`tirmaysiz'ning rasmi

Metrolarda “tig`iz paytlarda” oraliq interval maksimal darajada qisqartiriladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni” DUK tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari bilan o`tkazilgan yig`ilishda aytib o`tildi.

Jumladan, yig`ilish davomida quyidagi masalalar topshiriq sifatida mas`ullar zimmasiga yuklatilgan.

  • Tirbandliklarni oldini olish, yo`lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, poezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida, poezdlar harakati jadvali qayta ko`rib chiqish;
  • Metropoliten barcha yo`nalishlarda “tig`iz paytlarda” oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirish va barcha imkoniyatlardan foydalangan xolda qo`shimcha harakat tarkiblari sonini ko`paytirish;
  • Metropolitenning asosiy ish faoliyatiga ta`sir qilmagan xolda “Chilonzor” elektrodeposi tasarrufidagi harakat tarkiblari texnik ko`rikdan o`tkazilib, hafta so`nggiga qadar aniqlangan nosozliklar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tasdiqlovchi foto suratlar ilova qilgan xolda ma`lumot taqdim etish; 
  • Joriy yilning so`nggi 6 oylik davrida qayd etilgan metropoliten harakat tarkiblarining texnik nosozlik tufayli liniyadan chetlatilganligi xolatlari soni, nosozlik sabablari, nosozlik qayd etilgan uskuna yoki tizimlar to`g`risida tahliliy ma`lumot tayyorlab kiritish;
  • Er usti xalqa yo`li qurilish ishlarining 2 - bosqichi № 8-9-10-11- metro bekatilarining qurilish ob`ektiga qurilish montaj ishlar bo`yicha biriktirilgan ishchi guruhning har bir ma`sul xodimi tomonidan qurilish holatini puxta o`rganib, hafta davomida aniqlangan va avval ko`rsatilgan lekin bartaraf etilmagan kamchiliklar bo`yicha ma`lumotlar, tasdiqlovchi foto suratlari ilova qilingan xolda sharxlari bilan tayyorlab taqdim etish.

    Boshqa yangiliklar