AsosiyJamiyat

Yakkabog`lik xotin-qizlar traktor haydashmoqda

'Yakkabog`lik xotin-qizlar traktor haydashmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati IIB ning xabar berishicha, Yakkabog` tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida qishloq xo`jaligi texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olish bo`yicha ayollar va qizlar o`rtasida targ`ibot va tashviqot ishlari olib borilib, ularga nazariy va amaliy dars jarayonlari olib borildi.

Yakkabog` tuman IIB Yo`l harakati xavfsizligi bo`limi boshlig`i Tajiev Aktam Xurramovich tashabbusi bilan o`tkazilgan ushbu tadbir yakunida qishloq xo`jaligi texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari xotin-qizlarga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar