Sevimli

Hokim yordamchisi lavozimida oliy ma`lumotga ega bo`lmaganlar ham ishlashi mumkin

Jamiyat 06.12.2021, 11:18
Теглар: Hokim yordamchisi
Hokim yordamchisi lavozimida oliy ma`lumotga ega bo`lmaganlar ham ishlashi mumkin

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish bo`yicha davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–29-son, 03.12.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi ta`sis etiladi.  

Mazkur lavozimga:

  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investisiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qo`mitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investisiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo`linmalarida bo`lim (sho``ba) boshlig`idan past bo`lmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;
  • nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
  • tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy ma`lumotga ega bo`lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari;
  • tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari. 

Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Farmonga ko`ra, “Yangi O`zbekiston islohotchisi” ko`krak nishoni ta`sis etildi.  

Ushbu ko`krak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.  

Farmon bilan shuningdek, Hokim yordamchilari faoliyatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etildi.

Шарҳлар