Aqsh Prezidenti Jo Bayden siyosatchi Bob Doul o`limi munosabati bilan Qo`shma Shtatlarda to`rt kunlik motam e`lon qildi, deya xabar beradi Oq uy.
Doul 98 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi, senator Elizabet Doul ma`lum qildi.
Bayden 9-dekabr kuni quyosh botgunga qadar AQShning milliy bayroqlarini yarim ustunda tushirishni buyurdi. Bu tartib Oq uyga, Amerikaning barcha muassasalari va rasmiy binolariga, shuningdek, elchixonalar, harbiy bazalar va kemalarga tegishli.