Janubiy Afrikadan kelgan ikki nafar rossiyalik fuqaroda koronavirusning yangi "omikron" shtammi tasdiqlandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Holat Rossiyada yangi shtammning birinchi rasman tasdiqlangan holatlaridir.
Shuningdek ma`lum bo`lishicha, Janubiy Afrikadan kelgan yana 10 nafar rossiyalik koronavirus yuqtirgan. Endi, Janubiy Afrika va chegaradosh davlatlardan qaytgan barcha fuqarolar kelgan vaqtda chegarada sinovdan o`tkaziladi va shundan so`ng ular shifokorlar nazorati ostida bo`lgan maxsus markazlarga joylashtiriladi.