sevimli
Sevimli

Avtomobilda yo`lovchi tashish yo`nalishlari bo`yicha ochiq tenderlar elektron tashkil etiladi

Jamiyat 06.12.2021, 23:17
Теглар: Avtomobil
Avtomobilda yo`lovchi tashish yo`nalishlari bo`yicha ochiq tenderlar elektron tashkil etiladi

“Avtomobil transportida yo`lovchi tashish yo`nalishlari bo`yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (738-son, 06.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan 1 martgacha yo`lovchi tashish yo`nalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish bo`yicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.

2022 yil 1 martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo  

va xalqaro yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o`tkaziladi;

Transport vazirligi va uning hududiy bo`linmalari yo`nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tender tashkillashtirish bo`yicha vakolatli organ hisoblanadi.

Qaror bilan tenderni o`tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomda tender takliflariga qo`yiladigan talablar, g`oliblarni aniqlash, shartnoma tuzish va boshqa qoidalar belgilandi.

Tasdiqlangan Nizomga muvofiq:

vakolatli organlar tenderga qo`yiladigan yo`nalishlar ro`yxatini axborot tizimiga kiritadi;  

tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi orqali taqdim etiladi;

qatnashchilardan tender bo`yicha kelib tushgan takliflar maxsus axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi va tender g`olibi aniqlanadi;

tender g`olibiga shartnoma va guvohnomalar elektron tarzda axborot tizimi orqali taqdim etiladi. 

2022 yil 1 iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Шарҳлар

"O`g`lini avtomobil urib yuborgan ota" yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi

17.09.2021, 12:05

Ijtimoiy tarmoqda "O`g`lini avtomobil urib yuborgani haqida ota murojaat qilmoqda" sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma`lumot berdi.Unga ko`ra, joriy yilning 12 sentyabr kuni...
6 oy ichida avtomobillar orasida eng ko`p “Cobalt” mashinasi ishlab chiqarilgan

20.08.2021, 09:22

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 36 317 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan va bu 6 oy ichida   eng...
Toshkentda avtomobil ag`darilib, yonib ketdi

31.07.2021, 18:23

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 31 iyul kuni soat 16:20larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqumiy ko`chasida 1981 yilda tug`ilgan haydovchi...
O`zbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi qariyb 5 foizga oshdi

24.02.2021, 15:35

«O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» savdolariga 29 622,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo`yildi va ulardan 9 574,5 tonnasi, ya`ni 32,3% sotildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni...