AsosiyJamiyat

Facebook orqali qoraqalpog`istonlik yigitning 4 millionlik orzusi ushaldi (FOTO va VIDEO)

Facebook’ning Maslahat.uz guruhi mana 1 yildirki mazkur ijtimoiy tarmoqning eng faollaridan biri sanaladi.

Maslahat.uz a`zolari tashabbusi bilan uning a`zolari tomonidan shu guruhning qoraqalpog`istonlik a`zosi, imkoniyati cheklangan Islom Tilepovga xayriya yordami ko`rsatildi.

Xayriya uchun mablag`lar naqd pul, pul o`tkazish hamda Webmoney orqali to`plandi.

Sovg`ani mazkur hayriya tashabbuskorlaridan bo`lgan Odiljon hamda Maxsuma Ikramovalar egasining qo`liga ya`ni Qoraqalpog`iston respublikasiga olib borib topshirishdi. Islomga aravachadan tashqari juda ko`p sovg`alar ham berib yuborildi.

Sovg`ani olgan Islom o`z orzusiga erishdi, endi u barcha tengqurlari kabi istagan vaqtida ko`chaga chiqib, sayr qilishi imkoniyatiga ega. Islomjonning 80 yoshli buvisi savobli ishga hissasi qo`shgan barchani duo qildilar! 

Maslahat.uz guruh tomonidan amalga oshirilgan bunday savobli ishlar bardavom bo`lishini tilab qolamiz!

Quyida esa ushbu aravachani topshirish jarayonidan videoni e`tiboringizga havola etamiz!

Boshqa yangiliklar