“Barselona” klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa etakchilari Lionel Messi, Neymar va Luis Suares kataloniyaliklar safida qolishini aytib o`tdi.
“Ishonch bilan aytamanki, Messi, Neymar yoki Suares “Barselona”dan ketmaydi. Ular Kataloniyada o`zini baxtli his qilmoqda. Umuman olganda, bu erda to`p surayotgan har bir futbolchi ketish haqida o`ylamaydi. Hech kim menga ketish borasida murojaat qilmadi va hamma uchun xotirjamman. Messi bilan bir necha oy avval suhbatlashganimda, “Barselona” uning Evropadagi so`nggi klubi bo`lishini aytgandi. U Evropadagi faoliyatini aynan shu erda tugatmoqchi, – dedi Bartomeu.
Avvalroq, Neymar o`z faoliyatini “Real”da, Messi esa “Manchester Siti”da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
UNIVERSIADA MASh`ALASI FARG`ONAGA YO`L OLDIhttps://t.co/0lYxjCMqA0 pic.twitter.com/TFcQfcjxlq
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 26 maya 2016 g.