AsosiySport

Futbol bo`yicha U-16 Osiyo chempionatiga qur`a tashlandi

Temur Olimxo`jaev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-16 o`smirlar terma jamoasi shu yilning 15 sentyabrida, Hindistonda start oladigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Mazkur musobaqa ishtirokchilarining raqiblarini aniqlash maqsadida qit`a chempionatiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Hindistonning Goa shahrida o`tgan marosim yakunlariga ko`ra, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi o`z raqiblarini bilib oldi.

O`zbekiston U-16 terma jamoasi “D” guruhidan o`rin eggallad va KXDR, Tailand va Yaman termalariga qarshi bahs yuritadi. 

“A” guruhi: Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA
“B” guruhi: Avstraliya, Yaponiya, Vetnam, Qirg`iziston
“C” guruhi: Janubiy Koreya, Malayziya, Ummon, Iroq
“D” guruhi: Shimoliy Koreya, O`zbekiston, Tailand, Yaman


 

Boshqa yangiliklar