Ispaniyaning “Barselona” klubi “Arsenal” jamoasining iqtiqbolli himoyachisi Ektor Belerinni sotib olish istagini bildirdi.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, ispaniyalik yosh iqtidor egasi “Yuventus”ga ketishi kutilayotgan, kataloniyaliklarning 33 yoshli faxriysi Dani Alves o`rinbosar sifatida ko`rilmoqda.
Ta`kidlash kerakki, 21 yoshli himoyachi “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Eslatib o`tamiz, Belerin 2013 yilda “Arsenal” safiga kelib qo`shilgan O`sha yilgi mavsumda u “Uotford” klubida ijara asosida o`ynagan. Shundan so`ng himoyachi “to`pchilar”ning asosiy tarkibidan joy oldi.