“Real” klubining sobiq va ayni damda “Portu” jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya termasining barcha davrlardagi ramziy jamoasini tuzdi.
Tajribali posbonning ramziy termasidan quyidagi futbolchilar o`rin egalladi.
Darvozabon: Arkonada;
Himoyachilar: Ramos, Puyol, Pike, Kamacho;
Yarim himoyachilar: Xavi, Yerro, Buskets, Inesta;
Hujumchilar: Raul, Vilya.
Ma`lumot uchun, Kasilyas Ispaniya termasi safida ikki marta Evropa va bir marta Jahon chempioni bo`lgan. U Evro-2016 tarkibiga ham kiritildi.