Evro-2016 turniriga tayyorgarlik ko`rayotgan Ispaniya terma jamoasi JCh-2018 3-saralashiga hozirlik ko`rayotgan Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazdi.
Qayd etish kerakki, Janubiy Koreya JCh-2018 3-saralash bosqichida O`zbekistonning raqibi hisoblanadi.
O`yin kutilganidek ispaniyaliklarning ustunligida o`tdi. Hisob ham shunga yarasha bo`ldi – 6:1.
O`rtoqlik uchrashuvi
Ispaniya – Janubiy Koreya 6:1 (3:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 30 Silva, 2:0 – 32 Fabregas, 3:0 – 38 Nolito, 4:0 – 50 Morata, 5:0 – 54 Nolito, 5:1 – 83 Chu Se Chon, 6:1 – 89 Morata.