“Uotford” jamoasi hujumchisi Troy Dini o`z faoliyatini “Lester” klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi The Telegraph.
Kelishuv shu yilning yozida amalga oshishi va transfer miqdori 15 mln funt bo`lishi rejalashtirilmoqda. “Tulkilar” rahbariyati Dinini klubni tark etishi mumkin bo`lgan Jeymi Vardiga o`rinbosar sifatida ko`rmoqda. O`z navbatida Vardi “Arsenal”ga o`tib kelishi mumkinligi xabar berilgandi.
O`tgan mavsumda “Uotford” hujumchisi 43 o`yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.